Birjada dollar kursi oshdi
arxiv foto
Respublika valyuta birjasidagi 8-aprel kungi savdolarda 1 AQSH dollari 38 soʻmga qimmatlashib, 9701 soʻmga yetdi.
Chorshanba kuni 1 yevro qiymati 88 soʻmga oshib, 10554 soʻmni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, birjada dollar kursi 2-aprel kuni 9600 soʻmdan oshgandi.
Ayni paytda Oʻzbekiston banklarida xarid kursi 9680-9720 soʻm oraliqda (bankomatlarda 9400-9700). Aksariyat banklarda 1 dollar 9750 soʻmdan sotilmoqda, bu – bir hafta avvalgidan 100 soʻmga qimmat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring