Birja savdolarida shakar, paxta yogʻi va sheluxa narxi pasaydi

04:41 20 Aprel 2022 Iqtisodiyot
1128 0

11 – 17-aprel kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 584,5 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,1%ga kam.

Birja savdolarida 2 152,0 tonna paxta yogʻi sotildi. Paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17 227,2 ming soʻmdan 15 337,2 ming soʻmgacha, yaʼni 11,0% ga pasaydi.

Birja savdolariga 12 720,0 tonna shakar qoʻyildi va uning barcha hajmi cotildi. Shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 9 286,4 ming soʻmdan 9 087,7 ming soʻmgacha, yaʼni 2,1%ga pasaygan.

Birja savdolari orqali 6 787,0 tonna sheluxa sotildi. Sheluxaning kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 001,2 ming soʻmdan 2 804,0 ming soʻmgacha, yaʼni 6,6%ga pasaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер