Birovning “Kaptiva"sini sotib yuborgan firibgar ushlandi
2020-yil noyabr oyining oxirlarida Koson tumanida yashovchi 26 yoshli U.A. oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida oʻziga tegishli boʻlmagan “Kaptiva” rusumli avtomashinani tanishi 43 yoshli D.S.ga koʻrsatib, uni avtomashinaning hech qanday hujjatlari mavjud boʻlmasa-da, hujjatlari toʻliq ekanligiga ishontirib, 170 mln. soʻm evaziga avtomashinani nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, D.S.dan ushbu miqdoridagi pullarni oladi.
Shundan soʻng, avtomashinani nomiga rasmiylashtirib bermasdan, olgan pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan U.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur oʻylab koʻring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh boʻling!” deyila IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring