“Birinchi toʻlqin” deb atalgan holat tugagani yoʻq. Ikkinchi toʻlqin haqida gapirishga hali erta — mutaxassis

23:46 25 Sentyabr 2020 Dunyo
1045 0

Arxiv surat

Koronavirusning ikkinchi toʻlqinini baholash uchun zarur boʻladigan asosiy koʻrsatkichlar maʼlum qilindi

Koronavirusning ikkinchi toʻlqinini baholashning asosiy koʻrsatkichi bu xastalikni yenggan bemorlar sonining yangi kasallikka chalingan holatlar soniga nisbatidir.

Ushbu fikrni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabining Sogʻliqni saqlash iqtisodiyoti instituti direktori Larisa Popovich aytib oʻtdi.

Uning taʼkidlashicha, har bir mintaqa vaziyatni oʻziga xos tarzda baholaydi. Shuningdek, koronavirus infeksiyalari sonining ortishini ikkinchi toʻlqin deb atab boʻlmaydi, zero, “birinchi toʻlqin deb atalgan holat hali tugaganicha yoʻq”.

“Toʻlqin boshlanishining rasmiy belgilari mavjud emas, faqatgina oʻtgan davr va yangi davr oʻrtasidagi farq bor, xolos”, deydi Popovich.

Oʻz navbatida, virusolog Anatoliy Altshteyn ham COVID-19 bilan kasallanish darajasining oʻsishini ikkinchi toʻlqin deb atash mumkin emas deb hisoblamoqda.

Mutaxassisning fikricha, ushbu tushunchaning oʻzi “ancha noaniq” boʻlib, uning soʻzlariga koʻra, bunday holatda epidemiya deyarli nolga tushib, bir muncha vaqt shu darajada saqlanib qoladi va keyin yana oʻsishni boshlaydi deb taxmin qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер