Bir zamon — bir vatan farzandlarimiz

16:58 17 Noyabr 2023 Jamiyat
598 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Joylarda tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar mazmun-mohiyatida yurtimizda shakllangan millatlararo totuvlik, turli millat va elat hamda diniy konfessiya vakillari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik hamda hamjihatlik munosabatlari umumiy rivojlanishimizning ustuvor omillaridan biriga aylangani aksini topgan. Ayniqsa, taʼlim muassasalari, mahallalarda boʻlib oʻtayotgan “Bir zamonim — bir vatan farzandlarimiz” shiori ostidagi ilmiy-amaliy anjuman, davra suhbati va konsertlar hamyurtlarimizda Yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosda ortib borayotgan obroʻ-eʼtiboridan faxrlanish tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli.

— Muassasamizda anʼanaga aylangan “Balli, qizlar” koʻrik-tanlovining bu galgi dasturi “Xalqaro bagʻrikenglik kuni”ga bagʻishlandi, – deydi Isʼhoqxon Ibrat nomli Namangan davlat chet tillari instituti rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Aziza Mirzanazarova. —Unda besh nafar talabamiz madaniyatlar almashinuvini oʻzida mujassam etgan sahna koʻrinishlar orqali oʻzbek, rus, tojik, koreys va qirgʻiz millatlarining oʻziga xos jihatlarini aks ettirib berdilar. Savol-javoblar qismida esa talaba qizlarning siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ilmiy savodxonlik yoʻnalishlaridagi bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Tadbirga tashrif buyurgan milliy madaniyat markazlari vakillari 1500 dan ortiq yigit-qiz tahsil olayotgan oliygohimizning iqtidorli talabalari chiqishini qarsaklar bilan olqishladilar.

Aytish kerakki, viloyat shahar va tumanlarining barchasida “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasidagi tadbirlar faol tashkil etilib, hududlarda istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tili, urf-odatlari hamda anʼanalari targʻibotiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

                                                      Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер