Bir nuroniy 10 nafar yoshga masʼul
Foto: Xalq so‘zi
Qarshi shahrida ayni shu mavzuda oʻtkazilgan tanlovda Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yigʻini nuroniylar kengashi raisi Sodiq Islomov birinchi oʻrinni egalladi.

— Yoshim bir joyga borganda tengdoshlarim bilan bellashib, gʻoliblikni egallayman, deb hech oʻylamagandim, — deydi Sodiq ota Islomov. — Ammo keksa kishining bunday sharafga muyassar boʻlishi juda katta gap va har kimga ham nasib etavermaydi. Qachonki, keksalar mahallaning “vijdoni”ga aylansa, odamlarni, yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlasa, izidan ergashtira olsa, shunday martabaga loyiq koʻriladi. Ozmi-koʻpmi mahallamda keksayu yosh hurmatini qozongan ekanman, bundan juda baxtiyorman.
Koʻrik-tanlovda «Qarliqxona» MFY nuroniysi Zarif Saidov va “Choʻlquvar” MFY ishtirokchisi Moʻtabar Azizova keyingi oʻrinlarni egalladi. Gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring