Bir nafar senator “Putin konstitutsiyasi”ga qarshi ovoz berdi

19:28 12 Mart 2020 Dunyo
959 0

Rossiya Federal Kengashi konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Parlamentning 450 oʻrinli quyi palatasida 383 nafar deputat Vladimir Putinning prezidentlik muddatini tiklashni qoʻllab-quvvatladi. Hech kim bunga qarshi ovoz bermadi va 43 nafar deputat betaraf qoldi. Bundan bir necha soat oʻtgach, parlamentning 170 oʻrinli yuqori palatasining 160 nafar aʼzosi bu oʻzgartirishga “ha” deb javob bergan boʻlsa, bir kishi bunga qarshi chiqdi hamda 3 kishi betaraf qoldi.

Senator Lyudmila Narusova ushbu oʻzgartirishlarning tasdiqlanishiga qarshi chiqdi: “Baʼzi tuzatishlarni qoʻllab-quvvatlaydigan va boshqalarga salbiy munosabatda boʻlgan odamlar oʻz nuqtayi nazarlarini bildirish huquqiga ega boʻlishi kerak. Ammo men yolgʻizman”.

Prezident 15-yanvar kuni Federal Majlisga yoʻllagan murojaatida Asosiy qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarni eʼlon qildi. Oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ishchi guruh ertasi kuni yigʻildi va bir hafta oʻtgach, prezidentning tuzatishlari birinchi oʻqishda qabul qilindi. 10-mart kuni ikkinchi oʻqishdan oldin Konstitutsiyaga qariyb 400 ta oʻzgartirish kiritildi.

Qonun loyihasi uchta qismdan iborat: Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar, oʻzgartirishlar boʻyicha Rossiya tomonidan ovoz berish tartibi va nihoyat, qonunning kuchga kirishi tartibi.

Yangi Konstitutsiya kuchga kirishi bilan Putinning avvalgi saylangan prezidentlik muddatlari “tozalanadi”. Bu esa Vladimir Vladimirovichga yana 16 yil mamlakat tepasida qolish imkonini beradi.

Agar voqealar rivoji shu zaylda davom etsa, Putin Rossiyani 2036-yilgacha boshqaradi. Oʻshanda u 36 yil davomida hukumat tepasida qolgan boʻladi. Bu bilan Putin uzoq vaqt hukmronlik qilish boʻyicha Sobiq Sovet Ittifoqi rahbari Stalindan oʻzib ketadi. Lekin, Rossiya tarixida 43 yil mamlakatni boshqargan Buyuk podshoh Pyotr (1672 – 1725) eng uzoq muddatli hukmron hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер