Bir mahalladan uch chempion chiqdi

14:51 01 Avgust 2023 Jamiyat
386 0

Qoʻshni Qirgʻizistonning Issiqkoʻl hududida sportning Ushu turi boʻyicha “ISSYK-KUL OPEN” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Unda respublikamiz sharafini himoya qilgan yoshlar orasidan 3 nafari oʻz vazn toifasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ularning barchasi Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi Bobur nomli mahallada voyaga yetgan yosh sportchilardir.

— Musobaqa nihoyatda shiddatli kechdi,—deydi 52 kg. vazn toifasida birinchi oʻrinni egallagan Ahrorbek Odilov. –Chunki, raqiblarimiz ham yaxshi tayyorgarlikdan oʻtgan edilar. Shunday boʻlsada, astoydil harakat qildik. 48 kg. vazn toifasida Abdulhamid Odilov, 60 kg. vazn toifasida esa Avazbek Muhammadjonovlar ham birinchi oʻrinni egalladilar. Bu yutugʻimiz mamlakatimizda biz yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar samarasidir.

Musobaqa yakuniga koʻra, Odiljon Ahrorov AQSHda, Abdulhamid Ahrorov bilan Avazbek Muhammadjonovlar MDH mamlakatlarida boʻlib oʻtadigan xalqaro bellashuvga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер