Bir koʻngil imorati

14:35 21 May 2021 Jamiyat
840 0

“Bir koʻngil imorati — ming Makka ziyorati”, deyishganicha bor. Shofirkon tumanidagi Xorkash qishlogʻida yashovchi 85 yoshli Salim ota Sultonovning soʻzlarini tinglab, beixtiyor shu hikmat yodga tushadi.

— Buyogʻi keksalik, buning ustiga salomatligim ham joyida emas, — deydi otaxon. — Koʻchani qoʻya turing, hovliga chiqishga ham qiynalib qoldim. Boshim qotdi. Koʻnglimda “Nogironlik aravachasi boʻlsayu zora, mushkulim yengillashsa”, degan ilinj paydo boʻldi. Prezidentimizning tumanimizdagi Xalq qabulxonasiga murojaat qildim.

Otaxonning soʻzi yerda qolmadi. Hayal oʻtmay Sultonovlar xonadonini soʻroqlab, Xalq qabulxonasi mudiri F. Hafizov hamda tuman tibbiyot birlashmasi masʼul xodimi A. Jabborovlar kelishdi. Salim otadan koʻngil soʻraldi.Unga nogironlik aravachasi tuhfa qilindi. Bundan otaxon behad suyundi. Endi u nafaqat hovli, balki koʻchaga ham chiqa oladi. Qoʻni-qoʻshni bilan diydorlashadi. Hatto maʼraka-mavridga ham borishga shay.

Aytmoqchi, Shofirkon tumani Xalq qabulxonasiga shu kunga qadar 707 murojaat kelib tushgan. 629 ta murojaat koʻrib chiqilgan. 517 ta murojaat qanoatlantirilgan. Yordam soʻrab kelgan biror bir fuqaro bu yerdan noumid qaytgan emas. Shunisiga xursand boʻlasan, kishi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер