“Bir kelib keting qishlog‘imizga”

15:44 10 Noyabr 2021 Jamiyat
1795 0

Bir paytlar yo‘llarning abgorligi, yon-atrofning ko‘rimsizligi va qoloqlik manzarasi tufayli Luqmon qishlog‘i odamlari boshqa joylardan mehmon kelsa, xijolat chekishardi. Endi esa u kunlar o‘tmishda qoldi.  Viloyat yoki tuman markazida do‘st-birodarini uchratib qolgan luqmonliklar g‘urur bilan  “Qishlog‘imizga bir kelib keting”, deya mulozimat ko‘rsatadigan bo‘lishgan.

Buxoro viloyati Jondor tumanining mazkur go‘shasidagi o‘zgarishlarning bari  “Obod qishloq” Davlat dasturi  bilan bog‘liq. Bu yerda umumiy qiymati 15 milliard 697 million so‘mlik qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Natijada Luqmon chindan ham obod manzilga aylandi. Yaqinda esa yana bir xayrli ish ro‘yobga chiqdi. Qishloqda 21-sonli oilaviy poliklinika Ibn Sino filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 1 milliard 100 million so‘m mablag‘ evaziga qad rostlagan, 100 qatnov o‘rniga mo‘ljallangan shifo maskanida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratildi. Bu o‘zgarishlar hududda yashovchi olti mingga yaqin aholida bugundan rozilik hissini mustahkamlamoqda.

Luqmondagi “Obod qishloq” doirasidagi yangilanishlar davom etmoqda.

 

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер