Bir yilda 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiyaviy jinoyatlarga qoʻl urgan
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda 2025-yilda 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiyaviy jinoyatlar boʻyicha javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili respublika boʻyicha sudlar tomonidan jami 153 ta jinoyat ishi boʻyicha 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Aniqlik kiritilishicha, ularning 37 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 38 nafariga ozodlikni cheklash, 160 nafariga axloq tuzatish ishlari, 12 nafariga jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, 5 nafariga boshqa jazo choralari qoʻllanilgan.
“Korrupsiya qarshi kurashish agentligi har bir davlat organi va tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlab, kelgusida ham uslubiy koʻmak koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qiladi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring