Bir guruh senatorlar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash «Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PF–4906-sonli Farmoni hamda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida» PQ–3133-sonli qaroriga muvofiq “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashining qarori bilan bir guruh senatorlar 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Ular qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodik Salixovich Safoyev, Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Alixonov Boriy Botirovich, Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Baxadir Sadullayevich Tajiyev, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Dilorom Gafurdjanovna Tashmuxammedova, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Mahmud Mamatovich Parpiyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring