Bir guruh oʻquvchilarga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari topshirildi

15:13 01 Noyabr 2023 Jamiyat
345 0

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida yurtimizda soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday saʼy-harakatlardan biri “Vatan tayanchi” harbiy-vatanparvarlik otryadi tashkil etilganidir.

Kuni kecha Fargʻona tumanidagi 100 ga yaqin harakat aʼzolariga aʼzolik koʻkrak nishonlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy orkestr jamoasi, taʼlim muassasalarining fidoyi faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Har bir yosh ushbu koʻkrak nishonni qabul qilib olar ekan yurtimiz koriga yaraydigan farzandlar boʻlishga vaʼda berishdi.

Xalq va armiya yakdilligini ifoda etuvchi bu kabi tadbirlar barcha harbiy okruglarda davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер