Bir chevar ikkita ish oʻrni yaratdi

19:26 03 Iyul 2024 Jamiyat
218 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida xotin-qizlarni daromadga yoʻnaltirish borasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Baliqchi tumanida 10 nafar ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

— Har bir opa-singillarimizning ehtiyoji, xohishi va ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda daromad manbaiga ega qilib kelmoqdamiz, — deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Gulnoraxon Ahmedova. — Bu safar chevarchilik hunarini egallagan hamyurtlarimizga tikuv mashinalari yetkazib berdik. Ularni xom ashyo bilan taʼminlash, mahsulotini sotish borasida ham amaliy yordam koʻrsatyapmiz.

Shu bilan oʻn nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi. Ishlab chiqilgan mehnat dasturiga koʻra, har bir chevar yana ikki nafardan ayollarni ish bilan taʼminlash imkoniga ega. Demak, 10 ta tikuv mashinasi orqali oʻttiz nafar opa-singillarimiz doimiy daromad manbaiga ega boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер