Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi viloyat teatr-konsert saroyi maydonida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida gala konsert oʻtkazildi.
Unda 15 ming nafardan ziyod fargʻonaliklar, xususan, navqiron avlod vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalar ham tashkil etildi. Xususan, “El yurt umidi” jamgʻarmasi granti sohibasi Mohinur Murodova, “Microsoft” kompaniyasining Oʻzbekistondagi ilk ambassadori Fargʻona shahridagi 10-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Dilafruz Joʻraboyevalar mamlakatimizda barkamol avlod orzusi yoʻlida olib borilayotgan hayotbaxsh islohotlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
—Bugungi tadbirda miriqib hordiq chiqarib, shu bilan birga yuksak bilim va dunyoqarashga ega boʻlish, huquqiy madaniyatni oshirish boʻyicha mahorat darslaridan bahramand boʻldik, — deydi Fargʻona davlat universiteti talabasi Shahlo Ibrohimova.— Bunday muloqotlar Vatanga hurmat va sadoqat tuygʻularini tarbiyalashda gʻoyatda muhim.

Bayram tadbirida milliy estrada sanʼati yulduzlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring