Bill Geyts yangi pandemiyalarga qarshi kurash rejasini taklif qildi
Microsoft asoschisi va "Bill & Melinda Gates Foundation" xayriya tashkilotining hamraisi Bill Geyts yangi pandemiyalarga tayyorgarlik koʻrish, ular natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan harbiy mojarolarga qarshi yechim topish kerakligini aytdi.
Milliarder dunyo keyingi pandemiyaga tayyor boʻlishi uchun jiddiy qadamlar qoʻyishi kerak degan fikrni bildirdi. U fanni rivojlantirishga, sinovlar oʻtkazishga va kasalliklarning yangi turlarini oʻrganishga milliardlab dollar sarmoya sarflashni oqilona fikr deb hisoblaydi.
Shu sababdan, Geyts pandemiya sharoitini hisobga olgan holda, virusning turli xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus guruh tuzish kerakligini aytmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, guruh pandemiyadan keyin ham oʻz faoliyatini toʻxtatmaydi. Virus bartaraf etilgach, guruh boshqa shunga oʻxshash favqulodda vaziyatlardan ogohlantirib turadi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunga kelib, jamgʻarma COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun taxminan 1,75 milliard dollar ajratdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring