Bill Geyts fikricha, sunʼiy intellekt tufayli odamlar tez orada haftada atigi 3 kun ishlashadi

10:36 26 Noyabr 2023 Dunyo
287 0

Milliarder va “Microsoft” asoschisi Bill Geyts, sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi yutuqlar standart ish haftasini uch kungacha qisqarishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi.

Bu haqda u “What Now?” podkastiga bergan intervyusida aytib oʻtdi, deb yozadi “Business Insider”.

Podkast boshlovchisi Trevor Noadan sunʼiy intellektning rivojlanishi ish joylariga tahdid soladimi, degan savoliga Geyts shunday vaqt keladiki, odamlar “hozirchalik koʻp vaqt ishlashlari shart boʻlmaydi” deb javob berdi. Uning tasavvuricha “robotlar barcha oziq-ovqat va boshqa narsalarni ishlab chiqaradigan” boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер