“Bilimlar kuni”da yangi binolar foydalanishga topshirildi
Kecha butun respublikamizda boʻlgani kabi Romitan tumanida ham “Bilimlar kuni” keng nishonlandi.
2019-yil “Obod qishloq” dasturi asosida yangicha qiyofa kasb etgan 1, 4, 27-umutaʼlim maktablarining ochilish marosimlari oʻtkazildi. Tadbirlarda tuman hokimi X.Tohirov, viloyat hokimi oʻrinbosari S.Hikmatov, korxona, tashkilot hamda sektor rahbarlari, soha xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar, oʻquvchilarni bilimlar kuni bilan tabriklab, yaratilgan zamonaviy imkoniyatlardan foydalanib chuqur bilim olishlari, mustaqil Oʻzbekistonning buyuk kelajagi uchun kamarbasta boʻladigan kadrlar boʻlib yetishishlari zarurligini taʼkidladilar.
Birinchi sinfga ilk qadam qoʻygan oʻquvchilarga “Prezident sovgʻasi” oʻquv qurollari toʻplami topshirildi.
Tumandagi barcha umutaʼlim maktablarida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon” shiori ostida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring