Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy veb-sayti dtm.uz dan uzbmb.uz domeniga oʻtkazilmoqda
Foto: Illustrativ foto
Davlat test markazi negizida Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan edi.
Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga oʻtkazilmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Shu sababli 28-fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring