“Besh ogʻa”da tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Furqat tumani Fargʻona viloyatining olis va chegara hududida joylashgan. Ayni paytda tuman tibbiyot birlashmasining 1740 nafar xodimlari 128 mingdan ziyod aholiga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatib kelmoqda.
Tumanning chegara hududida joylashgan “Besh ogʻa” MFY ahli ehtiyoj tugʻilganda oʻrtacha 3,5-4 chaqirim yoʻl bosib, qoʻshni maskandagi “Doʻstlik” oilaviy shifokorlik punktiga borar edi. Furqat tumani hokimligi tashabbusi bilan shu kunlarda mahallada homiylik mablagʻlari hisobidan qurib bitkazilgan yangi tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi.

— Shu tariqa oila shifokori, mahalla patronaj hamshirasi, doya hamshirasi va ikki guruhdan iborat tibbiyot brigadasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi, — deydi tibbiyot punkti oilaviy shifokori Nargiza Parpiyeva. — Bundan buyon Gʻuncha va Besh ogʻa qishloqlaridagi 3700 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring