Besh yillik aliment qarzi undirib berildi
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini fuqaro Muborak Gʻaniyeva farzandlari bilan tinch-xotirjam qarshi oldi. Gap shundaki, u besh yildan buyon toʻlanmay kelinayotgan aliment pullari sabab tashvish girdobida qolgandi.
Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumanlararo sudining 2015-yildagi buyrugʻiga asosan qarzdor Gʻaniyev Salim Sherzodovich undiruvchi Gʻaniyeva Muborak Anvarovna foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish toʻgʻrisida ijro hujjati mavjud.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor S.Gʻaniyevdan 79,3 million soʻm miqdoridagi 5 yillik aliment qarzlari biratoʻla undirib berildi.
Toʻlqinjon NAYIMOV,
Majburiy ijro byurosi
Buxoro shahar boʻlimi
davlat ijrochisi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring