Beruniyda sodir boʻlgan YTHda 4 kishi, jumladan bir goʻdak vafot etdi

11:09 13 Fevral 2020 Jamiyat
1296 0

Qoraqalpogʻiston respublikasining Beruniy tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida jami toʻrt kishi halok boʻldi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Beruniy tumanida 12-fevral soat 11:30 larda A.B. (1984-y.t.) oʻzining boshqaruvidagi “Matiz” avtomashinasini Abay OFY hududidan oʻtuvchi “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 yoʻlining 645-km.da haydab ketayotib, yoʻl sirpanchiq boʻlganligi sababli qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Sh.T. (1987-y.t.) boshqaruvidagi “MAN” yuk avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etishi natijasida yuk avtomashinasi yoʻl chetiga agʻdarilib ketgan.

Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi A.B., yoʻlovchilari 1990-y.t. S.Mamutova, 2019-y.t. M.Q. hamda 1965-y.t. T.R.lar voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, “Matiz” avtomashinasining qolgan yoʻlovchilari, 1989-y.t. S.S., 2000-y.t. D.Q. hamda “MAN” yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.Tlar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер