Beruniy tumanida 65 nafar fuqaroning nomiga miqroqarz olgan firibgarlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan “ANOR BANK” AJ murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.R.” MCHJ rahbari Sh.V. va boshqalar 65 nafar fuqaroning xabardorligisiz soxta ma’lumotlar orqali ularning nomiga bank sotuv shoxobchalari orqali jami 981,5 mln so‘m onlayn miqroqarz ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring