Beruniy tumani “Damas” avtomobili bilan taqdirlandi

16:38 14 Dekabr 2024 Jamiyat
564 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori doirasida “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlarini oʻtkazish belgilangan edi.

2024-yilda oʻtkazilgan “Eng namunali tuman va shahar” tanlovida Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Beruniy tumani munosib ishtirok etib, birinchi oʻrinni egalladi. Prezident sovgʻasi – “Damas“ avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Tanlovda 2-oʻrin sohiblariga 40 mln. soʻm, 3-oʻrin sohiblariga 25 mln. soʻm, 4-5-oʻrin sohiblariga 10 mln. soʻmdan pul mukofotlari topshirildi.

“Eng namunali shahar va tuman” tanlovida:

1-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani;

2-oʻrin — Samarqand viloyati Ishtixon tumani;

3-oʻrin — Toshkent shahrining Olmazor tumani;

4-oʻrin — Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani;

5-oʻrin — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumaniga berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер