Beruniy metrosi yaqinida suv ichida 24 yoshli yigitning jasadi topildi

15:24 20 Noyabr 2024 Jamiyat
372 0

Foto: Videodan kadr

Chilonzor tumani Beshyogʻoch koʻchasida joylashgan 4-sonli GESdan 24 yoshli yigitning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov «Xalq soʻzi»ga maʼlum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 12-noyabr kuni fuqaro S.X. 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, Chilonzor tumani, Beshyogʻoch MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Anhor” kanalida rus millatiga mansub erkak kishining choʻkib ketganligi boʻyicha xabar bergan.

Ushbu xabar asosida Chilonzor tumani IIO FMB tezkor-tergov guruhi va FVV xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kanalda choʻkib ketgan shaxsni topish choralari koʻrilgan va holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv hujjatlari toʻplangan.

Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, shu yilning 13-noyabr kuni Uchtepa tumani, 24-mavzedagi xonadonlardan birida yashovchi I.G. Uchtepa tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2000-yilda tugʻilgan oʻgʻli B.A. 11-noyabr kuni taxminan soat 15:30 da uyidan chiqib ketib bedarak yoʻqolganligini, uni topishda amaliy yordam soʻragan.

Bugun, 20-noyabr kuni soat 08:45 da Chilonzor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tushgan xabarga koʻra, Chilonzor tumani Beshyogʻoch koʻchasida joylashgan 4-sonli GESdan B.A.ning jasadi topilgan.

Hozirda A.B.ning bedarak yoʻqolganligi holati boʻyicha Uchtepa tumani prokuraturasiga tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan uning murdasi topilganligi holati boʻyicha toʻplangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari Uchtepa tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер