Belgiya taʻlim kengashi bilan institut oʻrtasida memorandum imzolandi

18:11 07 Sentyabr 2023 Siyosat
338 0

Joriy yilning 26-iyul kuni Andijon davlat pedagogika institutida taʻlim, ilm-fan sohalarini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka oʻtashi, xalqaro grantlarni hamkorlikda bajarilishini taʻminlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Belgiya taʻlim konsulligi vakillari tashrif buyurdi.

Belgiya taʻlim Kengashi direktori va asoschisi Oksana Pozdnyakova, Rivojlantirish boʻyicha direktori Yelena Loktevalarni institut rektori B.Rasulov koʻtarinki ruhda kutib oldi.

Ikki tomonlama muzokaralarda institut jamoasi vakillari hamda Belgiya taʻlim konsulligi vakillari ishtirok etdi. Oʻzaro muzokaralar davomida hamkorlikda grant loyihalarni ishga tushirish, Yevropa ittifoqi boʻylab professor-oʻqituvchilar stajirovkalarini tashkil etish masalalari boʻyicha muhokamalardan soʻng, kelishuv memorandumi imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер