Belarus Respublikasi bilan taʼlim va fan sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

14:59 06 Sentyabr 2023 Siyosat
488 0

Ayni paytda rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasida boʻlib turgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Xususan, parlament delegatsiyasi M.Tanka nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida ushbu mamlakat taʼlim vaziri A.Ivanes va oliy taʼlim muassasasi rektori A.Juk bilan muloqot oʻtkazdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim yoʻnalishida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, pedagogik kadrlarni tayyorlash, hamkorlikda taʼlim jarayonlarini tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar va professorlar akademik almashinuvi hamkorlikning samarali usullaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

BPDU rektori A.Juk Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish niyatida ekanligini maʼlum qildi.

Muloqot yakunida taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер