Belarus qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Oʻzbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda
Minsk shahrida Oʻzbekiston diplomatlari Belarus qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Sergey Bartosh bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining oʻzaro savdosini yanada oshirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlum qilinishicha, 5-9-fevral kunlari Sergey Bartosh boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyuradi.
Muloqot chogʻida tomonlar Oʻzbekistonda boʻlajak muzokaralar dasturi va kun tartibini muhokama qildilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring