Belarus prezidenti Bosh vazir va hukumat tarkibini tayinladi

20:00 04 Iyun 2020 Dunyo
989 0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugungi kungacha Davlat harbiy-sanoat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Roman Golovchenkoni Bosh vazir etib tayinladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Belarus prezidentining Roman Golovchenko haqidagi soʻzlarini keltirar ekan, “BelTA” axborot agentligi uning turli lavozimlarda ishlagan yuqori malakaga ega mutaxassisligi, jumladan, diplomatiya sohasidagi faoliyatidan kelib chiqib, muzokaralar oʻtkazishni puxta egallagani, shuningdek harbiy-sanoat majmuasini boshqarganini taʼkidladi.

Yangi Bosh vazir 47 yoshda. U Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik rangiga ega. Ingliz, arab, nemis va polyak tillarini biladi.

Belarusning Xitoydagi elchisi lavozimida ishlagan Nikolay Snopkov Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, respublika vazirlik va idoralarida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Mamlakat Vazirlar kengashini 2018-yildan buyon Sergey Rumas boshqarib kelgan edi. Aleksandr Lukashenko tadbirkorlikni ixtiyor etgan sobiq bosh vazirga hech qanday eʼtirozi yoʻqligini, aksincha uning ushbu qarorini maʼqullaganini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер