Belarus hukumati isteʼfoga chiqdi
Belarus hukumati isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Belta xabar berdi.
Shu boʻyicha bugun bosh vazir Roman Golovchenko vakolatlarni topshirish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Ushbu hujjat qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Bundan oldin davlat rahbari Aleksandr Lukashenko hukumatning kelgusi faoliyati boʻyicha hujjatlarni tezkorlik bilan tayyorlash topshirigʻini bergandi.
Oʻshanda u ijro hokimiyati asosan shakllantirilib boʻlinganini ham maʼlum qilgan, oʻz navbatida yana qandaydir yangiliklar kutilayotganini ham bildirib oʻtgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring