Beeline abonentlari soni kamaydi, lekin...

18:04 02 Avgust 2018 Jamiyat
3423 0

Beeline kompaniyasining O‘zbekistondagi joriy yil ikkinchi choragida topgan daromadi 2017 yilning shu davriga nisbatan 10,3 foiz oshib, 635 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda VEON kompaniyasi xabar berdi.

Umuman, mazkur brendning joriy yil birinchi yarmi yakunidagi daromadi 1,25 mlrd. so‘mga yetdi. Bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 14,9 foiz ko‘pdir.

Xususan, ma’lumotlar uzatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromad ikkinchi chorakda 213 mlrd. so‘m(+53,1 foiz) va birinchi yarim yillikda 400 mlrd. so‘m(+46,1 foiz) bo‘ldi.

O‘z navbatida Beeline abonentlari bazasi ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra 9,3 mln. kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 foiz kamdir. Ma’lumotlar uzatish xizmatlaridan foydalanayotganlar soni esa hisobot davrida 5 mln. nafarga yetdi. Ya’ni 10,3 foiz ko‘paydi.

Hisobot davrida bir nafar abonentning bir oyda mobil aloqa hisob raqamidagi mablag‘i 22018 so‘m bo‘lib, bu 2017 yilning mos pallasiga qaraganda 10,9 foiz ziyoddir.

MOU ko‘rsatkichi(bir oy mobaynida bir nafar abonent tomonidan sarflangan daqiqalar) 2018 yilning ikkinchi choragida 568 daqiqani tashkil etdi. Bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 1,8 foiz kamdir(578 daqiqa).

Bir nafar foydalanuvchining ma’lumotlar uzatish xizmatini qo‘llash miqdori esa ikkinchi chorakda 158,9 foiz(1014 Mb.)ga o‘sgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер