“Bavariya” va “Arsenal” yarim finalda

10:23 16 Aprel 2026 Sport
138 0

Kecha, 15-aprel kuni Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Arsenal” jamoasi oʻz maydonida Portugaliyaning “Sporting” jamoasini qabul qildi.

Londonda kechgan ushbu bahsda hisob ochilmadi. Shu tariqa “Arsenal” klubi safarda qozonilgan gʻalaba evaziga yarim finalga yoʻl oldi.

Kunning markaziy oʻyinida esa “Real Madrid” Myunxenda “Bavariya” mehmoni boʻldi. Uchrashuv “nemislar“ning 4:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻyinda hisob 1-daqiqada ochildi. Noyerning qoʻpol xatosidan unumli foydalangan Arda Gyuler gol kiritdi. Oradan 5 daqiqa oʻtib “Bavariya” hisobni tenglashtirdi. Mazkur golga Aleksandr Pavlovich mualliflik qildi.

29-daqiqada Arda yana bir marta Madrid klubini hisobda oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Xarri Keyn yana muvozanatni tikladi. Lekin baribir “qaymoqranglilar” tanaffusga gʻalaba bilan chiqib ketishni uddaladi. 42-daqiqada Kilian Mbappe jamoasining uchinchi golini kiritdi.

Ikkinchi boʻlimda mezbon jamoa tempni oshirdi va Madrid klubi darvozasi oldida qator vaziyatlarni yuzaga keltirdi. 89-daqiqada shunday hujumlarning biri gol bilan tugadi. Mazkur golga Luis Dias mualliflik qildi. Biroq, bu hali hammasi emasdi. 90+4-daqiqada Maykl Olise raqib darvozasiga toʻrtinchi toʻpni kiritdi. Shu tariqa “Bavariya” nafaqat keyingi bosqichga yoʻl oldi, balki ikkinchi oʻyinda ham “qirollik klubi”ni magʻlub etishga erishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?