“Bavariya” futbolchisi faoliyatini “Al-Nasr”da davom ettiradi
“Bavariya” klubining fransuz yarim himoyachisi Kingsli Koman faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Insayderning yozishicha, “Bavariya” klubi Komanning transferida 30 million yevro ishlab oladi.
“Al-Nasr” esa futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolanishi aytilmoqda. Komanning yangi jamoasidagi taxminiy maoshi yiliga 22 million yevro atrofida ekani maʼlum boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Kingsli Koman oʻtgan mavsum “Bavariya” safida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 9 golli uzatma amalga oshirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring