Barkamol avlod — yurt tayanchi
Poytaxtimizdagi Yapon bogʻida Xalq banki tomonidan “Barkamol avlod — yurt tayanchi” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi. Bu haqda Bank axborot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur tadbirOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkillashtirildi.
Maʼlumki, ushbu besh tashabbusda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarish hamda ularni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadi mujassamlashgan.
Bank tomonidan oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻzaro hurmat, hamfikrlik va hamjihatlikka asoslangan boshqaruv tizimini yanada mustahkamligini namoyish etdi.
Taniqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlar konsert dasturlari bilan rassomlar, sportchilar tadbir ishtirokchilari boʻlgan yoshlarga turli oʻquv mashgʻulotlari bilan oʻzgacha kayfiyat ulashdi.
Kelgusida mazkur tashabbuslarni yurtimizdagi barcha hududlarda mavjud Xalq bankining filiallari miqyosida keng targʻib qilish rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring