«Barkamol avlod» bolalar maktabidagi bepul yozgi oromgohlar
Yoz — bu bolalikning eng quvonchli fasli. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida joriy yozda 7 yo‘nalish bo‘yicha bepul to‘garak mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Har bir yo‘nalishda bittadan ixtisoslashtirilgan to‘garaklar ish olib boradi.
Bu haqda vazirlikning rasmiy telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, to‘garaklardan tashqari “Mazmunli yoz — “Barkamolda” shiori ostida tashkil etilgan yozgi oromgohda bolajonlar yangi bilimlarni egallashi, qiziqarli hamda foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishi va yangi do‘stlar orttirishi uchun katta imkoniyat yaratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring