Barcha ish beruvchilar qonun doirasida ishlashi shart

19:29 07 Avgust 2023 Jamiyat
549 0

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Mehnat inspeksiyalari bilan hamkorlikda ish rejimiga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazdi.

Joriy yilning 5-6-avgust kunlari respublikaning barcha hududlarida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida«gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan ish vaqti meʼyorlariga ish beruvchilar tomonidan rioya etilishi monitoring qilindi.

Monitoring natijalariga koʻra, davlat organlarining 91 ta hududiy boshqarmasida oʻtkazildi. Shundan 22 tasida xodimlar dam olish kunlari va ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ishga jalb etilganligi aniqlandi.
Jumladan, 40 nafari dam olish kunlari va 34 nafari ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ishga jalb etilgan.

Shuningdek, Namangan viloyatida 5 ta, Buxoro va Xorazmda 4 tadan, Surxondaryo va Andijonda 3 tadan, Jizzaxda 2 ta va Sirdaryoda 1 ta hududiy boshqarmada ish vaqti meʼyorlariga amal qilinmagan.

Monitoring natijasi boʻyicha 22 ta davlat organi rahbariga ish vaqti meʼyorlariga amal qilish lozimligi va ushbu talablarga rioya etmaslik Ish beruvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan maʼmuriy jarima qoʻllanilishiga sabab boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari yuborildi.

Jarayon davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер