Barcha davlat OTMda super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi
Foto: Arxiv surat
Xabaringiz bor, 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari oshirilmadi.
2022/2023 oʻquv yili uchun barcha davlat OTM bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Yoʻnalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari bilan jadval orqali tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi bilan bu yerda tanishing.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring