Bank ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich 500 milliard soʻmgacha oshirish taklif etilmoqda

13:45 24 Yanvar 2023 Siyosat
512 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan bank ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard soʻmgacha oshirish taklif etilmoqda. Shuningdek, davlatda va (yoki) hududda yashaydigan norezident boʻlgan jismoniy shaxslar hamda shunday davlatda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, aksiyadorlar (ishtirokchilar), oxirgi benefitsiar mulkdorlar bank aksiyalarining bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchilari boʻlishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi cheklovni qayta koʻrib chiqish nazarda tutilyapti.

Taklif etilayotgan oʻzgartirishlar banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va resurs bazasini koʻpaytirishga, iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish jarayonlarida ularning ishtirokini kengaytirishga, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali bank sektoriga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер