Bank omonatlari ommabopligining oshishi, inflyatsiyaning roli va kreditlar berish – Toshkent xalqaro investitsiya forumida yoritilgan mavzular
27-aprel kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni doirasida” zamonaviy pul-kredit siyosati: toʻliq bandlik, barqaror narxlar va iqtisodiy oʻsish “mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbir spikerlari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va savdo vazirining maslahatchisi Atabek Nazirov, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari Behzod Hamrayev, prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxoʻjayev, “Tenge Bank” ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Shohruh Hakimov va Whiteshield direktori Antonio Somma ishtirok etdilar. Moderator Gapstone Group katta boshqaruvchi direktori Alfredo de Anjelis (Dino) qatnashdi.
Davra suhbati davomida Markaziy banklar va hukumatlarning inflyatsiyani ushlab turish va iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash oʻrtasidagi nozik muvozanatni saqlash uchun pul-kredit va fiskal siyosatini ehtiyotkorlik bilan oʻzgartirish zarurligi gʻoyasi ilgari surildi. Bundan tashqari, narxlar barqarorligi, bandlik va iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun tartibga soluvchilar tomonidan qoʻllanilishi kerak boʻlgan samarali pul-kredit siyosati mexanizmlari, shuningdek inflyatsiyani oldini olish boʻyicha zarur choralar muhokama qilindi.
Gapstone Group kompaniyasining katta boshqaruvchi direktori Alfredo De Anjelis tadbirni uchrashuvning maqsadi pul – kredit siyosati muammolarini muhokama qilish ekanligini koʻrsatishdan boshladi.
Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxoʻjayevning soʻzlariga koʻra, muammolardan biri, Oʻzbekiston aholisining hamma narsani milliy valyutada emas, balki dollarda baholash anʼanasi.
Muhokamaning muhim mavzusi inflyatsiya boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari Behzod Hamrayev oʻz nutqida Oʻzbekistonda inflyatsiya tez surʼatlar bilan oʻsib borayotganini, ammo boshqa rivojlangan mamlakatlardagi kabi tez emasligini taʼkidladi.
“Tenge Bank” ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Shohruh Hakimov ham inflyatsiya mavzusiga toʻxtalib, uning mamlakat iqtisodiyotida mavjudligi toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi:
“Aytmoqchimanki, mening shaxsiy fikrimcha, inflyatsiyani nolga tushirishga qaratilgan siyosat boʻlmasligi kerak. Inflyatsiya boʻlsin, qolsin, shunday boʻlishi kerak.»
Yana bir muhim yoritilgan mavzu — kredit berish. Behzod Hamrayev uning keskin oʻsganini qayd etdi, bu esa avtomobil, texnika va ipoteka kreditlariga ham tegishli. Kreditlarni qaytarmaslik darajasi hozirda 4 foizdan kam. Aholining daromadi har yili oʻsib bormoqda, Agar shunday davom etsa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti ishonchli tarzda saqlanib, oʻsib boradi, dedi Markaziy bank raisining oʻrinbosari.
Shohruh Hakimov mamlakatda qimmatli qogʻozlar bozorining ijobiy rivojlanishi haqida gapirdi:
“Besh yil oldin qimmatli qogʻozlar bozori nolga teng edi. 2022-yilda banklar tomonidan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalar kiritish hajmi 3 baravar oshdi. Biroq, korporativ obligatsiyalar hali ham kelajakdagi masala boʻlib qolmoqda”.
Davra suhbati davomida oʻtgan yili bank sohasida qiziqarli natija kuzatilgani qayd etildi. Banklar ikkita muhim manbaga ega – chet eldan qarz olish va depozitlar. 2022-yilda banklar balansidagi omonatlarning umumiy miqdori chet eldan olingan qarzlarga tenglashdi va hatto oshib ketdi. Bu birinchi marta sodir boʻldi. Aholining hissasi 40 foizga oshdi, bu juda jiddiy oʻsish. Banklar asta-sekin odamlar ularga ishonishni boshlaydigan davrga yetib kelmoqda. Bu bank tizimini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring