Банк xodimlari ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilmagan
“Bankir kundaligi” telegram kanalida Xalq bankining Qarshi filialida sayyor kassa xodimlarini soat 20:00 dan keyin ishga chaqirilgani, kech qolgan paytda xodimlarni uylariga bank mashinasi har doim ham olib bormasligi, karantin vaqtida uzoqdan ishga qatnash qiyinligi, haqidagi murojaat eʼlon qilindi.
Xalq banki rahbariyati tomonidan ushbu murojaat oʻrganildi va quyidagilar maʼlum boʻldi. Qarshi filiali amaliyot boʻlimiga oʻrnatilgan video kameralarning 24-aprel kunidagi yozuvlari oʻrganilib, xodimlar bilan suhbat oʻtkazilganda 24-aprel kuni 20:00 dan keyin xodimlar ishga chaqirilmaganligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, sayyor kassa xodimlari bankning maxsus avtomashinalarida 18:00 dan soʻng uylariga yetkazilgan.
Viloyat hokimining maxsus xatiga asosan urush faxriylariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun amaliyot boʻlimining bir dona transport vositasi bir kunga jalb etilgan, xolos.
Bugungi kronovirus pandimiyasi munosabati bilan karantin eʼlon qilinganligi sabab Xalq bankining barcha filiallarida xodimlarning ishga kelib ketishi Bosh bank tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Bank Axborot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring