Baliq virusi insonlarda ogʻir koʻz kasalliklarini keltirib chiqarishi aniqlandi

18:57 04 Aprel 2026 Ilm-fan
586 0

Illyustrativ foto

Xitoylik olimlar xavfli nodavirus turiga mansub boʻlgan va dengiz hamda chuchuk suv baliqlari orasida tarqaladigan virus insonga ham yuqishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Nature Microbiology ilmiy jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda maʼlum qilingan.

Qayd etilishicha, insonlarda uchraydigan va persistent koʻz gipertenziyasi hamda virusli old uveit (POH-VAU) deb ataladigan koʻz kasalligining sababi uzoq vaqt nomaʼlum boʻlib kelgan. Yangi izlanishlar esa ushbu kasallik suv muhitida uchraydigan yashirin nodavirus — CMNV bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini koʻrsatgan.

Olimlar POH-VAU tashxisi qoʻyilgan 70 nafar bemorning koʻz toʻqimalarida CMNV virusi izlarini aniqlagan. Tajribalar shuni koʻrsatdiki, mazkur virus laboratoriya hayvonlarida koʻz ichi bosimining oshishi va toʻqimalarning shikastlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, u sutemizuvchilar hujayralarini ham zararlash qobiliyatiga ega ekani qayd etilgan.

Tadqiqot natijalariga koʻra, uning insonlarga yuqish holatlarining 71,4 foizi suv jonivorlarini himoya vositalarisiz qayta ishlash yoki ularni xom holda isteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlgan.

Maʼlumot uchun, CMNV nodavirusi 120 dan ortiq dengiz va chuchuk suv baliqlari turlarida uchraydigan xavfli patogen hisoblanadi. U baliqlarning asab tizimiga zarar yetkazib, ayniqsa lichinka va yosh baliqlar orasida ommaviy qirilishga (100 foizgacha) sabab boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер