Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Moskva shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazdi.
TIV maʼlumotiga koʻra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekiston-Rossiya kun tartibidagi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilib, hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini belgilab oldilar.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilganidek, joriy yil boshidan buyon oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 2,4 milliard AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga koʻpdir. Vazirlar iqtisodiy diplomatiyaning yuqori surʼatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Oʻzbekiston va Rossiya TIV rahbarlari parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish, sayyohlar almashinuvini koʻpaytirish masalalarini ham koʻrib chiqdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring