Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot oʻtkazdi.
“Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almashdik. Davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni saqlash, shuningdek xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya qilish borasida umumiy pozitsiyalarimiz birligini tasdiqladik”, — deydi Baxtiyor Saidov.
Suhbat davomida barcha keskinlik va ziddiyatlarni tinchlik va barqarorlik manfaatlaridan kelib chiqib, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga sodiqlik qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring