Baxtiyor Saidov Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi

17:56 04 Yanvar 2023 Siyosat
631 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

2023-yil 3-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam va samarali muloqot tufayli Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, jumladan, Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasiga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish, avtomobilsozlik, neft-kimyo, yenergetika va qishloq xoʻjaligi sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер