Baxtiyor Saidov Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali suhbatlashdi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Shayx Jarroh As-Saboh janoblari bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Yaqin Sharqdagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdik. Vujudga kelgan murakkab sharoit munosabati bilan Kuvayt xalqi va rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy hamdardligini yetkazdik”, — deydi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, muloqot davomida davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish muhimligini taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring