Baxtiyor Saidov Koreya Elchisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

01:17 24 Mart 2026 Siyosat
379 0

Kecha, 23-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Mazkur muloqot davomida tomonlar yaqin istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish uchun hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligini qayd etildi.

Suhbat chogʻida mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchli va uzoq yillik sheriklik alohida taʼkidlanib, barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish zarurligiga urgʻu berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер