Baxtiyor Saidov Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2023-yil 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, turizm, fan, taʼlim va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Fransiya koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
2023-yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar jadvali boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Muzokaralarda iqtisodiy diplomatiya masalalari muhim oʻrin tutdi. Tomonlar turli yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring