Baxtiyor Saidov Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2023-yil 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantirish, Oʻzbekiston Hukumatining inson huquqlari va soʻz erkinligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash, akademik almashinuvlarni kengaytirish va ingliz tilini oʻqitishni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim loyihalarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston − AQSH strategik sherikligini yanada mustahkamlash boʻyicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.
E.Blinken AQSH Hukumati Oʻzbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson manfaatlarini taʼminlash, uning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish yoʻlidagi islohotlar dasturini muntazam va toʻla qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring