Baxtiyor Saidov Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan telefon orqali konstruktiv muloqot oʻtkazdi.
Suhbat davomida Afgʻoniston – Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashilib, vazminlikni saqlash va vaziyatning yanada keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, barqarorlikni taʼminlash va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etishda muloqot asosiy vosita boʻlib qolishi zarurligi tasdiqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring