Baxtiyor kichkintoylar maskani
Foto: “Xalq so‘zi”
Hududlarda yangi maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanishga topshirilishi kunning odatiy mavzularidan biriga aylangani rost. Biroq buning natijasida yuzlab bolajonlar maktabgacha taʼlimga qamrab olinayotgani alohida eʼtirofga molikdir. Yanada muhim jihati shuki, joylarda barpo etilayotgan maktabgacha taʼlim maskanlari zamon talablari asosida faoliyat boshlayotir.
- Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida raqobat juda keng quloch yoydi, - deydi shahrixonlik tadbirkor Ulug‘bek Karimov. –Ota-onalar farzandlarini o‘zlariga maqbul bo‘lgan bog‘chaga bermoqdalar. Shuning uchun ham biz tashkil etgan “Istiqlol bolajonlari” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti eng ilg‘or ish uslublaridan andoza olgan holda faoliyat yuritmoqda.
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 3 mlrd. 400 mln. so‘m mablag‘ hisobiga qurib, foydalanishga topshirilgan bog‘cha 100 nafar bolajonni o‘z bag‘riga oldi. Ota-onalar farzandlarining mashg‘ulotlardagi ishtirokini onlayn kuzatish bilan bir qatorda ularning salomatligidan xavotir olmasalar ham bo‘ladi. Boisi, bu yerda tibbiy xizmat sifatli yo‘lga qo‘yilgan va jismoniy chiniqtiruvchi sport mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring